FORISHDA INTERNET XIZMATI YAXSHILANDI
Aholini tezkor axborot bilan ta’minlash, bilim olishda sifatli telekommunikatsiya va internet xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida Forish tumanida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PQ-162-sonli qarorining 3-ilovasiga asosan, 2023 – 2024-yillarda Jizzax viloyatini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha ijtimoiy soha ob’ektlarini hamda aholi yashash maskanlarini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash maqsadida Forish tumanining olis hududlari Garasha, Qoraabdol, Narvon, Shoxusmon, O‘xum, Majrum, Otaqo‘rg‘on, Qizilqum, Birlashgan, Safarota, Oqtom, Egizbuloq, Osmonsoy va Omonkeldi qishloqlari va ushbu hududda joylashgan aholi yashash maskanlariga 360 km.dan oshiq optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi.
Hududlarda joylashgan infratuzilma ob’ektlarini telekommunikatsiya tarmog‘iga ulash uchun 10 dan ziyod telekommunikatsiya uskunalari o‘rnatildi.
Tumanda turizmni rivojlantirish uchun “O‘xum” mahallasida joylashgan 3 ta turizm maskanlariga 15 km.dan ortiq optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish ishlari yakunlandi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.