Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » AHOLINI RO‘YXATGA OLISHNING DAVRIY JIHATLARI

AHOLINI RO‘YXATGA OLISHNING DAVRIY JIHATLARI

08 июль 2024 йил
420
0

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish ishlarini amalga oshirish 2025-2026-yillarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Aholini ro‘yxatga olish natijalarini tayyorlash va e’lon qilish ishlarini amalga oshirish 2026-2027-yillarga mo‘ljallanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini quyidagi yo‘nalishlarda tizimli davom ettirilmoqda:

aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flaer va bukletlar tayyorlash;

2021 yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirish;

xalqaro tajriba va ekspertlarning tavsiyalari asosida «Aholini ro‘yxatga olish» axborot tizimini takomillashtirish;

«STATA» amaliy dasturiy paketi litsenziyasini xarid qilish va unda ro‘yxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirish;

aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish.

Shuningdek, Statistika agentligi qishloq xo‘jaligi sohasida ham ro‘yxat olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil etishda quyidagi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan:

2024-2025-yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirishga doir uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish;

2024-2025-yillarda2022 yilda o‘tkazilgan sinov natijalari asosida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish savolnomalari shaklini takomillashtirish;

2024-2025-yillarda Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rganish;

2025-2026-yillarda Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;

2027-2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.

Aholini ro‘yxatga olish aholi soni, jinsi va yosh tarkibi, yashash sharoiti va migratsiyasining to‘liq tasvirini shakllantiradi. Birlashgan millatlar tashkiloti aholini kamida 10 yilda bir marta ro‘yxatga olishni tavsiya qiladi. Aholini ro‘yxatga olish milliy siyosatni ishlab chiqish va rejalashtirish, shuningdek, mamlakat rivojlanishini kuzatish uchun asosiy axborotlarni taqdim etadi.

Aholining turar joy, uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyimg‘kechak, tibbiy asbob-uskunalari va dori-darmonlar, ijtimoiy xizmatlar, ish o‘rinlariga bo‘lgan talab uchun muhim ahamiyatga axborotlarni aholi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar asosidagina aniqlash mumkin.

Aholini ro‘yxatga olish haqiqatda yashayotgan aholi to‘g‘risida nafaqat butun mamlakat bo‘ylab, balki mintaqalar kesimida ham ma’lumot beradi. Aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar turli ma’muriy manbalarda va davlat idoralarining ma’lumotlar bazalarida mavjud, biroq ularning barchasida axborot to‘liq emas. Bu to‘liq tasvirni shakllantirish imkonini bermaydi.

Misol uchun, fuqarolarni rasmiylashtirish va migratsiya bo‘limlarida fuqarolarning ro‘yxatga olingan joyi to‘g‘risida ma’lumotlar bor, aslida esa bu odamlar boshqa manzilda, viloyatda yoki mamlakatda yashashi mumkin. Shuningdek, saylovchilar ro‘yxatlarida ham aholi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar bo‘lmasligi mumkin.

Aholini ro‘yxatga olish makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni kelgusi 10-20 yillik davrga prognoz qilish uchun ham zarur. Statistik ma’lumotlar manzilli dasturlarni ishlab chiqish, fuqarolar salomatligini mustahkamlash, oilalarga moddiy ko‘maklashishda muhim ahamiyatga ega. Aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari davlat maktablari, kutubxonalar, sog‘liqni saqlash markazlari, shuningdek. Energiya resurslari va suv ta’minotiga bo‘lgan ehtiyojni ko‘rsatib beradi. Aholini ro‘yxatga olish natijalari hukumat tomonidan mahalliy hokimiyat organlariga ajratilishi zarur bo‘lgan mablag‘ miqdorini aniqlashga yordam beradi.
Demak, aholini ro‘yxatga olish qanchalik ortga surilsa, aholi to‘g‘risida ilmiy asoslangan siyosat va investitsiya dasturlarini ishlab chiqish imkonini beradigan muhim ma’lumotlarni olish imkoniyatidan shunchalik uzoqlashamiz.

Tohir QO‘NAROV,
Forish tuman statistika bo‘limi boshlig‘i.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар