FORISH TUMANIDA AHOLINING HUQUQIY ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISH BORASIDAGI ISHLAR DAVOM ETTIRILMOQDA
Bugungi kunda adliya organlari oldida g‘oyat muhim – aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularga davlat xizmatlari ko‘rsatishdek g‘oyat muhim vazifalar turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli qarorida ham bu borada muhim vazifalar belgilab berilgan.
Forish tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi xodimlari ham davlatimiz rahbari farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi mahallalarga chiqib, aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatishmoqda.
Shuningdek, tumanning barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Adliya kuni” tadbirlari tashkil etilib, aholiga bepul huquqiy maslahat va ko‘maklar berishayapti hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari mutasaddilariga amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi tumanning 4-sektor hududidagi “O`zbekiston” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida aholiga mamlakatimizda yangi qabul qilinayotgan qonunlar, qonunlarga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar, Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlar mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berilib, aholiga bepul huquqiy maslahat va yordamlar ko‘rsatildi.
Forish tum an hokimligi axborot xizmati.