Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » AHOLI MUAMMOLARI TINGLANIB, FARMON MAZMUN-MOHIYATI XALQQA YETKAZILMOQDA

AHOLI MUAMMOLARI TINGLANIB, FARMON MAZMUN-MOHIYATI XALQQA YETKAZILMOQDA

17 август 2024 йил
45
0

Forish tumani Adliya bo‘limi xodimlari tumanning 4-sektor hududidagi “Xonbandi” mahallasida bo‘lishib, aholi va tadbirkorlar muammolarini tinglashdi.

Aholi bilan uchrashuvlarda “Xonbandi” mahallasi va mahalla hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolari eshitildi, aholi tomonidan bildirilgan muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Ayrim muammolar yuzasidan huquqiy maslahat va tushunchalar berildi.

Shuningdek, aholi bilan bo‘lgan muloqotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli farmoni va undan kelib chiqadigan vazifalar hamda qonunchiligimizga kiritilayotgan o‘zgartish va yangilanishlar haqida aholiga batafsil ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар