HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRLARI
Forish tuman adliya organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatib, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini ham olib borishmoqda.
Shuningdek, tumanning barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Adliya kuni” tadbirlari tashkil etilib, aholiga bepul huquqiy maslahat va ko‘maklar berishayapti hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari mutasaddilariga amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi tumanning 3-sektor hududidagi “Oqtepa” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida aholiga mamlakatimizda yangi qabul qilinayotgan qonunlar, qonunlarga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar, Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlar mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berilib, aholiga bepul huquqiy maslahat va yordamlar ko‘rsatildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.