RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Forish tumani Uchta MFY dagi fuqarolarning elektr ta'minotidagi kamchiliklar yuzasidan qilgan murojaatlariga nisbatan "Hududiy elektr tarmoqlari "AJ Jizzax hududiy filiali axborot xizmati munosabat bildiradi:
Hududdagi vaziyat Forish tuman elektr ta'minoti xodimlari tomonidan o'rganilib, hududdagi elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 40 kVa quvvatli transformator 63 kVa quvvatlisiga almashtirildi, 0.4 kVli havo tarmog'i joriy ta'mirlanib, salqi simlar tortiladi. Shuningdek, Maktab tarmog'iga yangi tarmoq tortish maqsadida, temir-betondan tayanch tayanchlarni o'rnatish uchun chuqutlar qazildi. Bu hududga 20 dona temir-beton tayanchlarni olib kelib o'rnatiladi va bular orqali yangi tarmoq tortiladi.