Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

RASMIY MUNOSABAT

11 июль 2024 йил
52
0

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Forish tumani, Oybek MFY, Porasht qishlog'i iste'milchilari tomonidan qilingan murojaatga nisbatan Hududiy elektr tarmoqlari AJ Jizzax hududiy filiali axborot xizmati munosabat bildiradi.

Har yili bahor-yoz mavsumida dehqonlar qishhloq xo'jaligi maxsulotlari ekinlarini ekishadi. Ekinlarni sug'orish uchun suv nasozlari ishlatilgan vaqtda elektr energiyasi ta'minotida quvvat tanqisligi yuzaga keladi. Bu holatni yaxshilash maqsadida qishloq hududida joylashgan 35/10 kVli "FORISH" podstansiyasiga 2.5 MVt quvvatli qo'shimcha kuch transformatori o'rnatildi.

Ayni vaqtda podstansiyada 3 ta kuch transformatorlari orqali iste'molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda. Natijada, vaziyat avvalgigaa nisbatan yaxshilangan bo'lsada, elektr energiyasini yetkazib berishda vaqti-vaqti bilan cheklovlar kiritishga majbur bo'linmoqda.

Bunga sabab, ushbu 3 ta transformator birdaniga ishga tushurilgan vaqtda 110/35/10 kVli "Yangiqishloq" podstansiyasidagi "FORISH" podstansiyasini ta'minlovchi 10 MVt quvvatli kuch transformatori yuklama ostida ishlab, talofatli o'chish holatlarining oldini olish maqsadida asosan "Ferma" va "To'livoy" elektr tarmoqlarida navbatma-navbat, vaqtinchalik elektr ta'minotidan uzilmoqda.

Lekin, ushbu murojaat yo'llangan Porasht qishlog'i iste'molchilari "Eski Forish" elektr tarmog'i orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadi. Ushbu elektr tarmoq fideri talofatli o'chish yoki biron bir boshqa favqulotda holatda o'chish holatlarini hisobga olmasa, elektr ta'minoti doimiy ravishda yetkazib berilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

RASMIY MUNOSABAT
20 май 2024, Понедельник
RASMIY MUNOSABAT
AHOLINING ELEKTR ENERGIYA TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA
06 май 2024, Понедельник
AHOLINING ELEKTR ENERGIYA TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA
RASMIY MUNOSABAT
01 февраль 2024, Четверг
RASMIY MUNOSABAT
AHOLINING ELEKTR ENERGIYA TA’MINOTI YAXSHILANADI
27 январь 2024, Суббота
AHOLINING ELEKTR ENERGIYA TA’MINOTI YAXSHILANADI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар