Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

RASMIY MUNOSABAT

08 август 2024 йил
50
0

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Jizzax viloyati Forish tumani Mustaqillik mahallasi Kattasoy qishlog‘idan murojaat yo‘llayapmiz. Qishloq elektr simi 2024-yil 29-iyul kuni soat 23 da uzilgan edi. Murojaatlarimizga qaramay, 2-avgustgacha ulab berishmadi. Aytishlaricha, tumanda simni ulash uchun texnika va resurslar yo‘q emish. Viloyat elektr tarmoqlariga ham telefon orqali murojat qildik, lekin natija yo‘q. Energetika vazirligi holatni nazoratga olsa yaxshi bo‘lardi” deb nomlangan murojaati yuzasidan rasmiy munosabat.

Forish tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda ta’kidlanishicha, ushbu murojaat Forish tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilgan.

O‘rganishlar davomida “Mustaqillik” mahallasi Kattasoy qishlog‘i aholi xonadonlari 35/10 kVli “Aytamg‘ali” podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli “Oqtosh” elektr uzatish tarmog‘i orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Joriy yilning 29-30-iyul kunlari Forish tumani tog‘ orti hududlarida kuchli shamol bo‘lganligi, shamol natijasi korxona hisobidagi transformator punktlari va elektr havo tarmoqlarida ko‘plab avariyalar hamda tarmoqlarda elektr simlari uzilish holatlari kuzatilib, aholi honadonlarida elektr ta’minotidan vaqtincha uzilish holatlari yuzaga kelgan.

Murojaatda ko‘rsatilgan “Mustaqillik” mahallasi Kattasoy qishlog‘ida ham kuchli shamol natijasida tarmoqlarda elektr simlari uzilish holatlari yuzaga kelgan. Kuchli shamol ta’sirida hududda talofatlar ko‘plab bo‘lganligi, ushbu talofatlarni bartaraf qilish uchun vaqt talab qilganligi sababli “Mustaqillik” mahallasi Kattasoy qishlog‘idagi uzilgan elektr simini 2024-yil 1-avgust kuni korxona mas’ul xodimlari tomonidan ulanib, uzilish bartaraf etilgan hamda aholi xonadonlari to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlandi, deyiladi ma’lumotda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

RASMIY MUNOSABAT
11 июль 2024, Четверг
RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT
20 май 2024, Понедельник
RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT
01 февраль 2024, Четверг
RASMIY MUNOSABAT
AHOLINING ELEKTR ENERGIYA TA’MINOTI YAXSHILANADI
27 январь 2024, Суббота
AHOLINING ELEKTR ENERGIYA TA’MINOTI YAXSHILANADI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар