Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

RASMIY MUNOSABAT

20 май 2024 йил
90
0

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “Forish tumani Otaqo‘rg‘on qishlog‘i aholisi nomidan elektr quvvati pastligi sababli ichimlik suviga ham zormiz” deb nomlangan murojaati yuzasidan rasmiy munosabat.

Holat yuzasidan Forish tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda ta’kidlanishicha murojaat yuzasidan o‘rganish olib borilgan.

O‘rganishlar davomida “Do‘stlik” MFY Otaqo‘rg‘on qishlog‘idagi aholi va dehqon fermer hujaliklar 35/10 kVli “Forish” podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli “Ferma” elektr uzatish tarmog‘i orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Ushbu, 35/10 kVli “Forish” podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli “Ferma” elektr uzatish tarmog‘idagi aholi va dehqon fermer xo‘jaliklari nimistansiyadan uzoq masofada joylashganligi, yoz mavsumida hududdagi dehqon fermer xo‘jaliklari tomonidan dehqonchilik uchun artizan qudug‘i suv nasoslaridan foydalangan vaqtlarida elektr energiyasiga bo‘lgan talabi oshganligi sababli, elektr ta’minotida quvvat tanqisligi yuzaga kelmoqda.

Ushbu yuzaga kelgan muammolarni barataraf qilish maqsadida, tuman hokimligi, “Do‘stlik” MFY raisi bilan kelishgan holda elektr ta’minotida quvvat tanqisligi yuzaga kelgan vaqtlarda vaqtinchalik cheklovlar kiritilib, muammo bartaraf qilinganligini ma’lum qilamiz, – deyiladi ma’lumotda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар