Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

FORISH QOVUNLARI – XORIJGA

04 июль 2024 йил
15
0

 O‘zining tabiiy toza, shirin-shakar uzumlari-yu qora kishmish mayizlari bilan dong taratgan forishliklar, bugun tilimi tilni yoradigan mazali qovun-tarvuzlari bilan ham nom qozonmoqda.

Bundan to‘rt-besh yil oldin Forish qovunlari xorijga eksport qilinadi, desa ko‘pchilik ishonmasdi. Bugun esa Forishning mazali qovun-tarvuzlari xorij bozorlarini egallayotgani bor haqiqat.

Forish tumani 1-sektor hududidagi “Uchma” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “Jo‘rabek asil chorvasi” fermer xo‘jaligi a’zolari bu yil erta ko‘klam 70 gektar yerga qovun-tarvuz ko‘chati ekishib, parvarishlashdi. Bugun qilingan samarali mehnat o‘z samarasini ko‘rsatib turibdi.

Fermer xo‘jaligi a’zolari yetishtirilgan qovunlarni xorijga eksport qilishni boshlab yuborishdi.

Forish tuman o‘simliklar karantini inspektorlari tomonidan “Jo‘rabek asil chorvasi” fermer xo‘jaligida fitosanitar dala nazoratini o‘tkazishib, qovunlar sifatiga yuqori baho berishdi.

Fermer xo‘jaligi a’zolari dastlabki 40 tonnadan ziyod qovunlarni Ukraina va Polsha davlatlariga eksport qilishdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

IZLANIB, INTILGAN ODAM HECH QACHON KAM BO‘LMAYDI
06 май 2024, Понедельник
IZLANIB, INTILGAN ODAM HECH QACHON KAM BO‘LMAYDI
“AYOLLAR DAFTARI”DAN CHIQQAN TADBIRKOR
18 март 2024, Понедельник
“AYOLLAR DAFTARI”DAN CHIQQAN TADBIRKOR
KO‘RGAZMALI AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI
25 октябрь 2023, Среда
KO‘RGAZMALI AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар