BIZ BIR BO‘LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ
Bugun mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligini keng nishonlashga hozirlik ko‘rilmoqda. Ushbu qutlug‘ sana oldidan joylarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Forish tumanining eng uzoq va chekka mahallasi bo‘lgan “Garasha” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yiligi oldidan “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida ma’naviyat festivali o‘tkazildi.
Tumanning chekka hududi bo‘lgan “Garasha” mahallasida tashkil etilgan ma’naviyat festivalida mahalla aholisi faol ishtirok etishdi.
Festival doirasida Toshkentdan tashrif buyurgan san’atkorlar, shoirlar va madaniyat xodimlari ishtirokidagi chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar barchani dilini xushnud etdi. Tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.