BIR BO‘LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ
Bugun mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligini keng nishonlashga hozirlik ko‘rilmoqda. Ushbu qutlug‘ sana oldidan joylarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Forish tumanining “Bog’don” mahallasida joylashgan 30-son madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yiligi oldidan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida ma’naviyat festivali o‘tkazildi.
Tashkil etilgan ma’naviyat festivalida mahalla aholisi faol ishtirok etishdi.
Festival doirasida Toshkentdan tashrif buyurgan san’atkorlar, shoirlar va madaniyat xodimlari ishtirokidagi chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar barchani dilini xushnud etdi. Tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.