ENG UZOQ VA CHEKKA MAHALLALARDA HAM UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI DAVOM ETMOQDA
Forish tumani 2-sektor hududidagi “Garasha” mahallasi tumanning eng uzoq va chekka mahallasi. Ushbu mahalla aholisi ham muborak Ramazon oyini katta xayriya hashari bilan qarshi olishdi.
Qishloq aholisi 16-18-mart kunlari respublikamizda e’lon qilingan xayriya hasharida ishtirok etishdi.
Hasharda qishloq nuroniylari bosh-qosh bo‘lishdi. Qishloqning barcha yoshlari ixtiyoriy hasharga chiqishdi. Hashar kuni mahallaga olib boruvchi, yog‘ingarchilik natijasida buzilgan yo‘l chetlari qum-shag‘al to‘kib tekislandi.
Hasharchilar kuchi bilan qishloq qabristoni, ziyoratgohlar turli chiqindilardan tozalanib, obodonlashtirildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)