Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » “BIR BO‘LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ”

“BIR BO‘LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ”

29 июль 2024 йил
469
0

Bugun o‘tayotgan har bir kun barchamizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik qutlug‘ to‘yi nishonlanadigan kunga tobora yaqinlashtirmoqda.
Bundan o‘ttiz uch yil oldin o‘ta og‘ir va murakkab tarixiy vaziyatda qo‘lga kiritilgan milliy istiqlolimiz bugungi kunda ko‘p millatli butun xalqimizni yangi O‘zbekistonni barpo etishdek buyuk maqsad yo‘lida birlashtirib, yangi yutuq va marralar sari ilhomlantirmoqda.

Aynan mustaqillik tufayli mamlakatimiz suveren, demokratik huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatga, xalqaro huquqning to‘laqonli sub’ektiga aylandi. Dunyo bizni yangitdan tanidi va tan oldi. Yer yuzidagi turli davlatlar va xalqlar bilan taboro kengayib, yurtimizning xalqaro maydondagi mavqei va nufuzi ortib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 iyulda “O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Forish tumanida ham O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining o‘ttiz uch yilligini ko‘tarinkilik bilan kutib olish va nishonlashga har tomonlama qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.
Mahalla fuqarolar yig‘inlarida hasharlar tashkil etilib, aholi xonadonlari, ko‘chalar, xiyobonlar obodonlashtirilmoqda.

Joylarda aholi va yoshlar o‘rtasida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida targ‘ibot va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib borilmoqda. O‘tkazilayotgan targ‘ibot va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda o‘tgan o‘ttiz uch yil davomida mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash borasida erishgan natijalarimizni xalqqa misollar asosida tushintirib borilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda Forish tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida zo‘r ko‘tarinkilik bilan nishonlanadi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар