TARG‘IBOT TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA
Forish tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi mahallalarda “xonadonbay” yurish orqali Prezidentimiz qaror va farmonlari, hukumatimiz qarorlari mazmun-mohiyatini aholiga keng tushuntirish, aholini turli firibgarliklardan ogoh etish, kiberjinoyatchilar tuzog‘iga ilinib qolmaslik yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ana shunday targ‘ibot tadbirlarining navbatdagisi tumanning 1-sektor hududidagi “Bo’don” mahallasida bo‘lib o‘tdi.
Unda Forish tuman adliya bo‘limi xodimlari Prezidentimiz qarorlari yuzasidan aholiga ma’lumotlar berishdi.
Shuningdek, firibgarlik jinoyatlaridan ogoh bo‘lish, kiberfiribgarlar tuzog‘iga ilinib qolmaslik bo‘yicha huquqiy tushunchalar ham berildi.
Targ‘ibot tadbiri davomida aholiga bukletlar, targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.