TURLI YUQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRLARI OLIB BORILMOQDA
Forish tuman sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari Forish tumanidagi mahallalarda turli yuqumli kasalliklarning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini olib borishmoqda.
Jumladan, ana shunday tadbirlarning navbatdagisi tumanning 4-sektor hududidagi “Osmonsoy” mahallasi Osmonsoy qishlog‘ida tashkil etildi.
Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan “xonadonbay” yurish orqali tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida aholiga yoz mavsumida tarqaladigan turli yuqumli kasalliklar, ularga qarshi kurashish, tozalik-ozodalikka, shaxsiy gigienaga e’tibor qaratish va rioya etish orqali ushbu yuqumli kasalliklarning oldini olish mumkinligi haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.
Shuningdek, targ‘ibot tadbiri davomida aholiga yoz mavsumida turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi ma’lumotlar aks etgan targ‘ibot materiallari ham tarqatildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.