Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » MAHALLA AHOLISI MUROJAATLARI TINGLANDI

MAHALLA AHOLISI MUROJAATLARI TINGLANDI

24 июль 2024 йил
85
0

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatdan mutlaqo yangi tizim yaratildi.

Forish tuman hokimi va o‘rinbosarlari tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, hal etilyapti.

Forish tuman hokimi, 1-sektor rahbari Ikrom Matiyev 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahallasi aholisi muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etdi va aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.

Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning kundalik vazifasiga aylangan. Bu galgi sayyor qabulda mahalla aholisi tomonidan ichimlik suv ta’minoti, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va shu kabi muammoli masalalar o‘rtaga tashlandi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар