FORISH TUMANIDA “UCHQULOCH” MAHALLASI AHOLISI MUAMMOLARI HAL ETILMOQDA
Forish tumani 4-sektor hududidagi “Uchquloch” mahallasi aholisi bir necha yillardan buyon elektr energiyasi ta’minotidagi kamchiliklardan arz qilib kelishardi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 maydagi “2023 – 2025 yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida mahalla hududidagi bir qator qishloqlar aholisining elektr energiya ta’minotini yaxshilash maqsadida havo elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlariga kirishildi.
Ayni kunda “Uchquloch” mahallasida yangi elektr havo tarmoqlarini tortish ishlari boshlab yuborildi. “Uchquloch” mahallasida 1 ming 60 metr sip kabelli havo tarmog‘i tortilib, 39 ta temir beton elektr havo tayanchlari o‘rnatiladi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.