ISTIQBOLLI KADRLAR ZAXIRASIGA FORISH TUMANIDAN 11 NAFAR NOMZODLAR KIRITILGAN
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat filiali va viloyat hokimligi hamkorlikda Istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar ishdan ajratmagan holda hududlarni o‘zida, ularni yutuqlarini keng targ‘ib qilish maqsadida uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Bugungi kunda Istiqbolli kadrlar zaxirasiga Forish tumanidan 11 nafar nomzodlar kiritilgan.
Istiqbolli kadrlar zaxirasi – bu turli sohalarda samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuqori salohiyat, yetakchilik xususiyati va boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lgan tashabbuskor shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.
Zaxiraga kiritilgan nomzodlar bilan ishlash alohida tizimli tashkil etilgan. Har bir nomzodlarning shaxsiy rivojlanish rejalari ijrosi oyma-oy monitoring qilib borilmoqda.
Ularning malakasini oshirish, dublyorlik asosida rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirishi, ishdan bo‘sh vaqtlarda mustaqil ta’lim olishi, xorijiy tillarni o‘rganishi va kitob mutolaa qilib borilmaqda.
Forish tuman hokimligi Axborot xizmati.