Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » QONUNCHILIKKA KIRITILGAN YANGILIKLAR TUSHUNTIRILDI

QONUNCHILIKKA KIRITILGAN YANGILIKLAR TUSHUNTIRILDI

08 январь 2024 йил
90
0

Forish tumani adliya bo‘limida yuridik markaz xodimlari hamda davlat xizmatlari agentligi xodimlari ishtirokida qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Jizzax viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi O.Ergashev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-888-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etilganligi, jumladan, apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudlariga yuborish tartibi bekor qilinganligi hamda ularning zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish mas’uliyati yuklatilganligi hamda mazkur qonun bilan kiritilgan boshqa yangiliklar haqida ham ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-883-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan qatnashchilarga tushuntirishlar berib, mazkur qonunga binoan Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun 75 ta hududiy bir mandatli saylov okrugi tuzilishi, Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati asosida Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun O‘zbekistonning butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanishi, deputatlikka nomzodlarni tanlash tartibi siyosiy partiyalar tomonidan belgilanishini va qonun bilan belgilangan boshqa yangiliklar xususida ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda o‘tib, qatnashuvchilar tomonidan berilgan savollarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар