FORISНDA ZULFIYА NOMIDAGI TANLOVNING TUMAN BOSQICНI O‘TKAZILDI
Bugun Forish tumanidagi 18-sonli Musiqa va san’at maktabida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlar o‘rtasida tanlovning tuman bosqichi o‘tkazildi. Ochiq va shaffof tarzda tashkil etilgan tanlovda ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan qizlar ishtirok etishdi.
- Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti iqtidorli yoshlarning yutuqlari, ibratli faoliyati, keng ko‘lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish uchun 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida topshirib kelinmoqda, - deydi tanlov hay’at raisi, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Elnora Ummatova. – Aynan shu tanlov yil sayin tumanimizda faol va iste’dodlilar kashf etilishiga sabab bo‘layapti.
Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilarga tuman hokimligining tashakkurnomasi va audio kitoblar taqdim qilindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.