Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

RASMIY MUNOSABAT

28 февраль 2024 йил
93
0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident farmoni klasterning “karmonimi” deb nomlangan xabar tarqaldi. Unda “O‘rmonga o‘t ketsa ho‘li- quruq birday yonadi” deganlaridek ularning na roziligi olindi na qonuniy tarzda yerlari zaxiraga qaytarildi. Bu ham kamlik qilganday juda istiqbolli deya aytilgan katta — katta ishlarni qilishi kerak bo‘lgan katta umidlar qilingan Chorva klasterlari faqat yaylovlarni kim pul bersa o‘shanga bir yilga ijaraga berib pullay boshladi.

Ayrimlari bundan boshqa ish qilmadi. Hatto ba’zilari ajratilgan subsidiyalarni yedi talon-tarojlik bilan shug‘ullandi.....” deya bayon qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida pillachilik, qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6059-sonli farmoniga asosan Forish tumanidan 366 ming gektar yaylov yer maydonlari pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasiga o‘tkazib berilgan. Ipakchilik va qorako‘lchilik qo‘mitasi (hozirgi nomi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi) tomonidan 366 ming gektar yerning 290 ming gektarini “Orion kapital”ga, 54 ming gektarini esa “Al Fatx treyd” klasteriga 49 yilga ijaraga beradi.

2024-yil 23-fevral kuni Jizzax viloyat hokimligida ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi O.Ergashev, Jizzax viloyat hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A.Mustanov, viloyat hokimining qishloq xo‘jalik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari O.Ashurmatov, Forish tuman hokimining qishloq xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari K.Karimov, chorvachilikka ixtisoslashgan “Orion kapital” klasteri rahbari O.Xabibullayev, “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi F.O‘rishev, fermerlar vakili “Forishlik Zafar” fermer xo‘jaligi raisi Zafar Qulmatovlar ishtirokida ushbu fermerlar muammolarini hal etish yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ushbu yig‘ilishda fermerlarga yerlarni ijaraga berish, ular noroziligiga sabab bo‘ladigan holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va barcha ishlarni qonun talablari asosida fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan junni qayta ishlashni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

RASMIY MUNOSABAT
13 март 2024, Среда
RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT
25 март 2024, Понедельник
RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT
28 февраль 2024, Среда
RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT
05 февраль 2024, Понедельник
RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT
10 январь 2024, Среда
RASMIY MUNOSABAT
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар