MADANIY-MA’RIFIY TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
Mamlakatimizda may oyi – madaniy-ma’rifiy tadbirlar oyligi deb e’lon qilingan.
Forish tumanidagi barcha mahallalarda may oyi madaniy-ma’rifiy tadbirlar oyligi doirasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilyapti.
Jumladan, tumanning “Oqtom” mahallasi Mehnatobod qishlog‘ida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputatlari, mahalla oqsoqollari, faollari ishtirok etishib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, har bir yurtdoshimiz shukronalik hissi bilan yashashi lozimligi haqida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, oilalarni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasiga e’tibor qaratish lozimligi haqida nuroniylar pand-nasihat qilishdi.
Madaniy-ma’rifiy tadbirda badiiy jamoalar ijrosida konsert dasturi namoyish etildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.