Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMANIDA “YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O'ZBEKISTON UCHUN!” SHIORI OSTIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

FORISH TUMANIDA “YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O'ZBEKISTON UCHUN!” SHIORI OSTIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

08 январь 2024 йил
83
0

Forish tumani "Amir Temur" mahallasida mahalla faollari va yoshlar ishtirokida “Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun!” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbir davomida qatnashchilarga bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ijobiy o'zgarishlar, xalqimizning farovon turmush sharoitlarini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ma'naviyat, milliy qadriyatlarimiz borasida oldimizda turgan dolzarb vazifalar batafsil muhokama qilindi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi raisi Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat Kengashi yigʻilishida ilgari surilgan Maʼnaviy-maʼrifiy sohani yanada rivojlantirish, soha xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, aholining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini yanada oshirish boʻyicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar toʻgʻrisida ham atroflicha tushuntirib o'tildi. Maʼnaviyat markazi tuman boʻlimi tomonidan aholiga elektron adabiyotlar sovgʻa qilindi hamda madaniyat hodimlari hamkorligida konsert dasturi namoyish etildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар