FORISH TUMANIDA "YOSHLAR – YANGI O‘ZBEKISTON BUNYODKORI" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI
Forish tumani yoshlari ishtirokida "Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkori" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi va ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
O‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi professori, polkovnik Komiljon Nosirov, Akademiya o‘qituvchisi Mirzo Rajabov, Forish tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Abdumannon Saidxonov, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi boshlig‘i Furqat Yo‘ldoshev va boshqalar ishtirok etishdi.
Tadbirda professor K. Nasirov tomonidan yoshlarga Vatanni sevish, ota-onani ulug‘lash, o‘z ustida ishlash, halol mehnat qilish kabi yaxshi fazilatlar to‘g‘risida ma'ruza qildi va hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbirda yoshlar bilan savol javob o‘yinlari o‘tkazildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.