Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

27 февраль 2024 йил
50
0

Forish tuman hokimi, 1-sektor rahbari Ikrom Matiyev 1-sektor hududidagi “O'xum” mahallasida joylashgan 46-umumta’lim maktabida “mahalla yettiligi” bilan uchrashib muloqot o‘tkazdi.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoni va “O‘zbekiston mahallalar uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son qarorlari ijrosini ta’minlashda “mahalla yettiligi” oldida turgan vazifalar haqida so‘z yuritdi.

“Mahalla yettiligi” tomonidan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар