Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMANIDA IJTIMOIY KO‘MAKKA MUHTOJ XOTIN-QIZLAR QO‘LLAB-QUVVATLANIB, BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

FORISH TUMANIDA IJTIMOIY KO‘MAKKA MUHTOJ XOTIN-QIZLAR QO‘LLAB-QUVVATLANIB, BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

26 октябрь 2023 йил
90
0

Forish tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 apreldagi “Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 596-sonli hamda 2023 yil 22 iyuldagi 307-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash borasida ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» yoki «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xom ashyo xarid qilish bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun subsidiyalar ajratilmoqda.

Xususan, tumanning “Xonbandi” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “JASMINA FOR TEX” MChJga kasanachilik ish faoliyatini tashkil qilish maqsadida asbob-uskunalar xarid qilib, 12 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj “Ayollar daftari”, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan xotin-qizlarning kasanachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun subsidiya olib berilib, bandligi ta’minlandi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

IJTIMOIY KO‘MAKKA MUHTOJ XONADONLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI
24 октябрь 2023, Вторник
IJTIMOIY KO‘MAKKA MUHTOJ XONADONLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар