Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH BARCHAMIZNING BURCHIMIZ

JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH BARCHAMIZNING BURCHIMIZ

05 март 2024 йил
120
0

Forish tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning 2023 yildagi ahvoli hamda 2024-yilda bu borada tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan brifing o‘tkazildi.

Brifingda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati rahbari, mayor Xolmurod Turdiboev axborot berdi.

2023-yil davomida tuman hududida sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinganda olib borilgan kompleks profilaktik va tezkor qidiruv tadbirlarga qaramasdan sodir etilgan jinoyatlar 14 foizga yoki 134 tadan 153 tagacha yoki 19 taga oshganini ko‘rish mumkin.
O‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari 6 tadan 9 taga, alment to‘lashdan bo‘yin tovlash 3 tadan 8 tagcha va boshqa sodir etilgan jinoyatlarni keltirib o‘tish mumkin.
Tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida aholi o‘rtasida 913 ta ommaviy tadbirlar o‘tkazilgan.

2023-yil davomida profilaktika inspektorlarining vakolat doirasiga kiruvchi moddalar bo‘yicha 2977 ta ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlanib, qo‘llanilgan jarimalarning barchasi to‘liq undirildi. Bundan tashqari o‘tgan yil davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi va vaqtincha ish bilan band bo‘lmaganlar o‘rtasidagi jinoyatlarning kamayishiga erishildi.

Bugungi kunda tumandagi 25 ta mahallalarning 3 tasi ya’ni “Egizbuloq”, “Istiqlol” va “Do‘stlik” mahallalari “qizil” toifaga kiritilgan.

Shuningdek, brifingda tumanda 2024-yilda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldin olish borasida amalga oshiriladigan ishlarga ham to‘xtalib, “Sayyod”, “Nurak”, “Do‘stlik” va “Uchquloch” mahallalarida profilaktika inspektorlarining xizmat hududida yashashi va ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash maqsadida xizmat uylari qurish hamda o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalarining oldini olish maqsadida 4 R 36 Jizzax – Forish – Qizilcha yo‘liga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qaroriga asosan qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida foto-video moslamalar o‘rnatish lozimligi ham ta’kidlandi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар