JANGOVAR TAYYORGARLIK OYLIGI DOIRASIDA
Ichki ishlar Vazirining farmoyishiga asosan joriy yilning 1 noyabridan 30 noyabriga qadar ichki ishlar tizimida “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” o‘tkazilmoqda.
Oylik doirasida Forish tuman ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi ham faol ishtirok etib, xodimlar o‘rtasida jismoniy va jangovar tayyorgarlikni oshirish maqsadida turli sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida tuman ichki ishlar bo‘limi tezkor-tergov guruhi bilan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan joyda transport vositasini ko‘zdan kechirish va tekshirish tartibi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulot o‘tkazildi va bu borada xodimlarga zarur yo‘riqnomalar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.