Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMANIDAGI MAHALLALARDA “ANDIJON TAJRIBASI”NI JORIY ETISH BO‘YICHA SEMINAR TASHKIL ETILDI

FORISH TUMANIDAGI MAHALLALARDA “ANDIJON TAJRIBASI”NI JORIY ETISH BO‘YICHA SEMINAR TASHKIL ETILDI

28 февраль 2024 йил
36
0

Forish tumani 4-sektor hududidagi “Xonbandi” mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini “Andijon tajribasi” asosida joriy etish bo‘yicha Respublika va viloyat ishchi guruhlari tomonidan seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarga 4 ta sektor rahbarlari va kotiblari, milliy gvardiya vakillari, tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari, 25 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mahallalar yettiligi va boshqa mutasaddilar taklif etildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Mahallalar uyushmasi vakili Baxrom Qo‘shboqov, Jizzax viloyat Mahallalar uyushmasi boshlig‘i o‘rinbosari Muso Anorboyev, Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Forish tumani bo‘limi rahbari Shavkat Islomovlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-209-sonli Farmoni va "O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-402-sonli qarori ijrosi hamda Andijon tajribasi hamda mahalla va mutasaddi tashkilotlar hamkorligini mustahkamlash, “mahallabay” ishlab aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish yuzasidan zarur tavsiyalar berishdi.

Ehtiyoj mavjud bo'lgan mahallalarga O'zbekiston mahallalar uyushmasi tomonidan kompyuter jamlamalari topshirildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар