Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH YUZASIDAN SEMINAR TRENING TASHKIL ETILDI

MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH YUZASIDAN SEMINAR TRENING TASHKIL ETILDI

19 декабрь 2023 йил
73
0

Forish tumani hokimligining kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlarning jamiyatdagi ro‘lini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Norboyevaning 2023 yil 24-noyabrdagi Xotin- qizlarning jamiyatdagi ro‘lini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi majlisi 8-sonli bayonnomasining kun tartibidagi masalasi "Mahallalarda xotin-qizlar faoli ishini samarali tashkil etish hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha namunaviy tizim yaratish to‘g‘risida"gi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi mahalla xotin-qizlar faollari uchun seminar trening tashkil etildi.

Seminarda Jizzax viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi Nargiza Abdurahmonova, tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i Elnora Ummatova tumandagi barcha 25 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari va kichik ishchi gurux vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda Jizzax viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi Nargiza Abdurahmonova hamda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i Elnora Ummatova so‘zga chiqib, mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda mutasaddi tashkilot va idoralar tamonidan amalga oshiriladigan vazifalar xaqida batafsil tushunchalar berishdi.

Seminar trening davomida tumandagi 3 sektor hududidagi “Oqtepa” mahalla fuqarolari yig‘ini xotin-qizlar faoli Marhabo Eshtayevaning faoliyati, oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mahallada amalga oshirilgan ishlari ommalashtirildi.

Seminar yakunida ishchi gurux vakillari bilan mahallalarda samarali ish olib borish ishlarni tashkil etish bo‘yicha rejalar tuzulib, vazifalar belgilab olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар