Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

XOTIN-QIZ RAHBARLAR SONI ORTADI

28 декабрь 2023 йил
71
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-208-sonli farmonini hamda “Oilalarni mustahkamlash xotin-qizlarning faoliyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 401-sonli qarorini Forish tumani xotin-qizlari ham mamnuniyat bilan kutib olishdi.

Farmon va qarorda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash, bandligini ta’minlash, gender tenglik masalalari ilgari surilgan.

Jumladan, davlatimiz rahbarining qaroriga ko‘ra, 2030-yilga borib davlat idoralari rahbarlarining kamida 30 foizi ayollardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.

2030-yilgacha har bir davlat organi, tashkilot va korxonada, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi, sud tizimida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda boshqaruv xodimlari orasidagi xotin-qizlarning ulushini 2030-yilga qadar 30 foizga yetkazish talabi davlat korxonalarining ijro organlari, shuningdek, direktorlar kengashi va kuzatuv kengashlarining tarkibini shakllantirish ham tadbiq etiladi.

Prezidentimiz farmonida ish beruvchi tomonidan ish o‘rinlari zahirasiga qo‘yiladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar toifalariga oilaviy zo‘ravonlik oqibatida jabrlanganlar ham kiritilishi belgilab qo‘yilgan.

Sabohat QO‘NAROVA,
Forish tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish

bo‘limi boshlig‘ining Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар