Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISHDA QISHLOQ XO‘JALIK XODIMLARI SHARAFLANDI

FORISHDA QISHLOQ XO‘JALIK XODIMLARI SHARAFLANDI

14 декабрь 2023 йил
67
0

 Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi “Qishloq xo‘jalik xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanadi. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu kun rizq-ro‘zimiz bunyodkorlari – mirishkor dehqon va fermerlar, zahmatkash chorvador hamda pillakorlar, mexanizator va agronomlar, sohani jonkuyar xodimlariga chuqur hurmat va minnatdorchilik bildirish kunidir.

Forish tumanidagi “Sulton” tantanalar majmuasida “Qishloq xo‘jalik xodimlari kuni” keng nishonlandi. Bayram tadbiriga dehqon, fermer va soha xodimlari taklif etildi.

Tadbirda Forish tuman hokimi Ikrom Matiev so‘zga chiqib, qishloq xo‘jalik xodimlarini joriy yilda erishgan muvaffaqiyatlari, sohadagi yutuqlari bilan tabrikladi.

Tadbirda agrar sohada namuna ko‘rsatayotgan bir guruh ilg‘orlarga “O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi”, “Ilg‘or fermer”, “Namunali tomorqachi”, “Mehnatkash dehqon” ko‘krak nishonlari, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.

Tuman madaniyat markazi san’atkorlari tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi bayram qatnashchilariga zavf-shavq bag‘ishladi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар