Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » KO‘RGAZMALI AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI

KO‘RGAZMALI AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI

25 октябрь 2023 йил
99
0

Forish tumani 3-sektor hududidagi “Oqtom” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “Orifabegim” oilaviy korxonasi dalasida tumandagi barcha toifa xo‘jaliklarida bog‘-tok oralariga, asosiy maydonlarga to‘qsonbosti ekinlari ekish hamda dala chetlariga tok va terak ko‘chatlari ekish bo‘yicha ko‘rgazmali amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tumandagi fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda oilaviy korxonalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Seminarda Forish tuman hokimining qishloq xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Komiljon Karimov, qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi Forish tuman loyiha ofisi xodimi Javohir Naimov, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Begzod Ortiqovlar bog‘-tok oralariga, asosiy maydonlarga to‘qson bosti ekinlari hamda dala chetlariga tok va terak ko‘chatlari ekish bo‘yicha o‘z tavsiya va maslahatlarini berdilar.

Seminar savol javoblarga boy tarzda qiziqarli o‘tdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар