Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

GIYOHVANDLIK – UMR ZAVOLI

06 декабрь 2023 йил
116
0

Giyohvandlik butun dunyoda keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Giyohvandlik - jinoyatchilik bilan bog‘liq hodisadir. Birinchidan, narkotiklarni qo‘lga kiritish yoki ularning oldini olish uchun pul topish maqsadida og‘ir oqibatli qasddan jinoyatlar sodir etiladi. Ikkinchidan, narkotik moddalarni qabul qilish ta’siri ostida tez-tez jinoyatlar sodir etiladi. Nihoyat, giyohvandlik bilan jinoyatchilik o‘rtasidagi bog‘liqlik giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi oqibatida yuzaga keladigan huquqbuzarlik harakatlarining sodir etilishida namoyon bo‘ladi.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish deganda, ustidan xalqaro huquqiy va ichki davlat nazorati o‘rnatilgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni tayyorlash, egallash, saqlash, jo‘natish va hokazo harakatlarning sodir etilishi tushuniladi. Amaldagi jinoyat kodeksining 276-moddalarida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishning oldini olish fuqarolarning sog‘ligini muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadini ko‘zlaydi.
Bugungi kunda dunyo miqyosida qonun bilan taqiqlanganligiga qaramasdan giyohvandlik moddalarini ishlab chiqaruvchi va u bilan savdo qiluvchilarning soni ko‘payib bormoqda. Buning asosiy sababi ushbu jinoiy biznes yaratib beradigan juda katta boylik orttirish imkoniyatlari bo‘lib, uning ishtirokchilari xalqaro xuquq normalari bilan ham milliy qonunlar majmuyi bilan ham ayniqsa, "oq ajal"ning halokati oqibatlari bilan ham, hisoblashmay hamma ishini qilishga majbur etmoqda.
Giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi kurash bugungi kunda eng dolrzab umumbashariy muamolardan biriga aylanib ulgurdi. Ushbu muammo nafaqat respublikamiz, balki butun dunyo jamoatchiligini jiddiy tashvishga solmoqda. Shu sababli giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi samarali kurashni tashkil etish butun jahon hamjamiyatidan barcha kuch va vositalarni birlashtirishni taqozo qilmoqda. Ushbu muammo xudud, millat, din, jins va boshqa chegaralarni bilmasligi uning qanchalik xavfliligidan dalolat beradi.
Giyohvandlik muammosining tarixiga nazar tashlasak , uning XX asrga kelib umumjahon darajasidagi dolzarb muammoga aylanganligining guvohi bo‘lamiz. Bunga esa qator omillar, jumladan, fantexnikaning jadal sur’atlarda rivojlanishi, ko‘pchilik mamlakatlar tomonidan ushbu muammoning mohiyatiga yetarli darajada e’tibor bermasligi va unga nisbatan turlicha yondashuv, jahon mamalakatlari orasida integratsiyalashuv jarayoninig yuz berishi, mintaqaviy va jahon miqyosidagi harbiy harakatlar va to‘qnashuvlvrning avj olishi kabi holatlar sabab bo‘ladi. Agarda giyohvandlik ilgari uni yetishtirgan mamalakatlar doirasi bilan chegaralangan bo‘lsa, bu davrga kelib xalqaro ko‘lamda jahonning barcha mamalakatlariga o‘zining zararli ta’sirini o‘tkaza boshlaydi.
Giyohvandlik muamosining xavfliligi shundaki, giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish shaxsni jamiyatdan ajratib uning insoniy qiyofasini yo‘qotishiga va u tomonidan turli-tuman jinoyatlar sodir qilinishiga olib keladi. Bundan tashqari uning hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirib inson bosh miyasiga, immunitet tizimiga shikast yetkazadi, inson organizimida jiddiy patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi umumjahon savdosining taxminan 8 foizini tashkil qilmoqda. Keyingi yillarda giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanadigan jinoiy guruhlar faoliyati muayyan davlat hududidan trans milliy narkosindikatlar yuzaga keldi. Bunday uyushmalar o‘z ehtiyojlari yo‘lida ilmiy texnika taraqqiyoti natijalaridan foydalanishi ularning texnik-moliyaviy imkoniyatlarini oshirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili giyohvandlik jinoyatlaridan umumjahon miqyosida 100 mingga yaqin o‘q otar qurollar olib qo‘yilmoqda. Bundan tashqari 500 dan ortiq yashirin uchish va qo‘nishga mo‘ljallangan maydonlar aniqlanmoqda, shuningdek, narkosindikatlar tomonidan foydalanilayotgan, taxminan shuncha uchish apparatlari parvoz paytida urib tushiriladi yoki musodara qilinadi. Shunga qaramay, har kuni g‘ayri qonuniy yuk ortilgan 300 ga yaqin parvozlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda jahonda yiliga giyohvandlik vositalarining g‘ayriqonuniy savdosi orqali olingan 300-800 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ legalizatsiya qilinadi.
Eng achinarlisi shundaki, amalga oshirilgan keng qo‘lamli chora-tadbirlarga qaramasdan, insoniyat XXI asrga ham umumjahon miqyosidagi eng dolrzab muammolardan biri bo‘lgan - giyohvandlik muammosiga yechim izlash orqali qadam qo‘ydi. Hozirgi vaqtda giyohvandlik o‘ta murakkab va ijtimoiy xavfli hodisa tusini olgan bo‘lib, uning zararini amalda hisobga olish imkoniyati yo‘q. Bu esa turli xil jinoyatlar sodir etilishiga turtki bo‘lib, jamiyatning moddiy texnik intiviktuval salohiyatini pasaytiradi, genofondini buziladi. Ming afsuski, giyohvandlik vositalarining g‘ayriqonuniy kirib kelishi, ishlab chiqarilishi, tarqalishi va notibbiy maqsadlarda iste’mol qilinishi bilan bog‘liq giyohvandlik muammosi mamlakatimizni ham chetlab o‘tgan emas. Shunday ekan, bugungi kunda giyohvandlikni oldini olish va unga qarshi kurash muammosini chuqur o‘rganish juda dolzarb bo‘lib, bu ana shu hodisaning mohiyatini, unga xos belgilarini aniqlash, respublikamizda giyohvandlik tarqalishiga va rivojlanishiga, uning ijtimoiy iqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatishiga imkon tug‘diruvchi omillarni har tamonlama tadqiq etishga zamin bo‘ladi. Bundan tashqari giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi ilmiy salohiyat yanada takomillashtirilishi va giyohvandlikka qarshi kurashishning ilmiy asoslangan, samarali, tejamkor usul va vositalari, qolaversa, samarali huquqiy asosi ishlab chiqilishi, mavjud huquqiy hujjatlar esa har tomonlama takomillashtirilishi maqsadga muvofiq. Giyohvanlik muammosini kelib chiqishi va uning oldini olishga qaratilgan, giyohvandlik vositalarining g‘ayri qonuniy muomalasi natijasida topilgan mablag‘larni legallashtirishga qarshi zamonaviy ilm-fan, ilg‘or xorijiy mamlakatlar va amaliyot yutuqlarini umumlashtirgan holda kurashish talab etiladi. Shuningdek, giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi kurash sohasida giyohvandlik muammosining huquq bilan tartibga solinmagan jihatlarini kiminalogik nuqtai nazardan tadqiq etish bu illatga qarshi kurash imkoniyatlarini aniqlab berish mumkin.
Dunyo aholisining barcha qatlamini birdek tashvishga solib kelayotgan giyohvandlikdek xavfli illatga qarshi kurashda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari, balki jamiyatimizning barcha a’zolari ishtirok etishi lozim. Shundagina bu illatning payi tezroq qirqiladi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

KORRUPSIYА NIMA?
01 ноябрь 2023, Среда
KORRUPSIYА NIMA?
ODAM SAVDOSIGA YO‘L YO‘Q
27 октябрь 2023, Пятница
ODAM SAVDOSIGA YO‘L YO‘Q
QISHGA TAYYORGARLIK DOLZARB VAZIFA
23 октябрь 2023, Понедельник
QISHGA TAYYORGARLIK DOLZARB VAZIFA
YOSHLARNI YOT G‘OYALAR TA’SIRIDAN ASRAYLIK
10 октябрь 2023, Вторник
YOSHLARNI YOT G‘OYALAR TA’SIRIDAN ASRAYLIK
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар