Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

KORRUPSIYА NIMA?

01 ноябрь 2023 йил
66
0

Korrupsiya bu – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarni yoxud o‘ziga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir.
Korrupsiyani kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos reytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Biroq, hozirgacha barcha millatlar uchun qo‘l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo‘q.
Korrupsiya har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xavfli omil, barcha mamlakatlarga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hodisadir. Zero, bu omil tufayli davlatning rivojlanishi sekinlashadi, hukumat tizimi ishdan chiqadi, demokratik institutlarga putur yetadi. Shu bilan birga, uning ta’siri ostida fuqarolarning ijtimoiy adolatga, haqiqatga va davlat organlariga ishonchi yo‘qoladi. Har qanday jamiyat uchun ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biridir. Bizning mamlakatimizda ham korrupsiyaning oldini olish va uning ildizlariga barham berish maqsadida ko‘pgina tadbirlarni amalga oshirilmoqda.
2017 yil 3 yanvar kuni "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilinganligi ham fikrimizning isbotidir.
Ushbu qonunga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
- davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va prinsiplarini belgilashda bunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash masalasi qat’iy hisobga olingan.
Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashishni biz, eng avvalo, o‘zimizdan boshlashimiz darkor. Buning uchun esa shaxsning huquqiy ong va huquqiy madaniyati yetarli darajada shakllangan bo‘lmog‘i maqsadga muvofiqdir.
Xalqimizning tom ma’nodagi adolat qaror topgan jamiyatda yashashi uchun nafaqat mas’ul shaxslar, balki har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shishi zarur. Bu fuqarolarimizda korrupsiyaga, aniqroq aytganda, har qanday qonunbuzarlikka nisbatan murosasizlik kayfiyati, madaniyati shakllanishiga ham bog‘liq. Chunki har qanday qonunbuzarliklar sodir etilishiga, ko‘payishiga ko‘p hollarda o‘zimizning befarqligimiz, loqaydligimiz sabab bo‘lib kelmoqda. Barchaning yakdilligi, yurt taqdiriga daxldorligi kuchayishi har qanday illatning batamom barham topishiga xizmat qiladi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар