Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMANI “BOG‘DON” MAHALLASIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

FORISH TUMANI “BOG‘DON” MAHALLASIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

04 декабрь 2023 йил
66
0

Forish tumani 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahallasida ayni kunda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, shu mahallada joylashgan 1-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rekonstruksiya qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi arafasida foydalanishga topshirildi.

Uning tantanali ochilish marosimida Forish tuman hokimi Ikrom Matiуev, tuman sektor rahbarlari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirni tuman hokimi Ikrom Matiуev kirish so‘zi bilan ochib, ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi bilan qutladi.

Tuman hokimi Ikrom Matiev barchani qutlar ekan, tarbiyaning negizi bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamon talablari darajasida yuqori saviyada tashkil etish, zarur anjomlar, malakali kadrlar bilan ta’minlash, yetuk, barkamol kelajak avlodlarini tarbiyalashda muhim omil ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda mahalla ahli nomidan so‘zga chiqqan mehnat faxriysi Sharof O‘ng‘alov xalqimiz o‘g‘il-qizlarining barkamol insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar uchun muhtaram Prezidentimizga xalqimiz nomidan samimiy minnatdorchiligini izhor etdi.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida xalqimiz farzandlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Tadbir so‘ngida quruvchi bunyokorlarga tuman hokimligi nomidan to‘n kiydirildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар