Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » SOG‘LOM OVQATLANISH SALOMATLIK GAROVI

SOG‘LOM OVQATLANISH SALOMATLIK GAROVI

02 ноябрь 2023 йил
94
0

Forish tumani 3-sektor hududidagi “Oqtom” mahallasida joylashgan “Mehnatobod” oilaviy shifokorlik punkti tomonidan “Sog‘lom ovqatlanish salomatlik garovi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

O‘zbekistonda aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida “to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan ko‘zlangan maqsad aholi, ayniqsa, yoshlar, ayollar va keksalar orasida sog‘lom ovqatlanishni tashkil qilish va jismoniy faollikni targ‘ib qilish orqali yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, zararli odatlar va nosog‘lom turmush tarzini kechirish oqibatlari bo‘yicha axborot targ‘ibot ishlarini olib borishdan iborat.
Targ‘ibot tadbirida tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligini saqlash bo‘limi xodimlari S.Suvonova, “Oqtom” mahallasi xotin-qizlar faoli D.Rahmonovalar sog‘lom ovqatlanish va uning inson salomatligidagi muhim o‘rni uning inson salomatligidagi muhim o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.
Tadbir nihoyasida mahallada yashovchi qirq yoshdan oshgan 10 nafar fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Gulnoz IKROMOVA,
“Mehnatobod” OSHP mudirasi, Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

FORISH TUMANIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
16 октябрь 2023, Понедельник
FORISH TUMANIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
FORISH TUMANIDA "OCHIQ OSMON OSTIDA KUTUBXONA"
12 октябрь 2023, Четверг
FORISH TUMANIDA "OCHIQ OSMON OSTIDA KUTUBXONA"
YOSHLARNI YOT G‘OYALAR TA’SIRIDAN ASRAYLIK
10 октябрь 2023, Вторник
YOSHLARNI YOT G‘OYALAR TA’SIRIDAN ASRAYLIK
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар