Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMANIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

FORISH TUMANIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

16 октябрь 2023 йил
92
0

Forish tumani 4-sektor hududidagi “Xonbandi” mahallasida joylashgan 59-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokida tuman ishchi guruhi tomonidan diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olish, diniy sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosatini yoshlarga tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Targ‘ibot tadbirida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Forish tumanidagi mutaxassisi Javohir Mamadaliev so‘zga chiqdi.
Darhaqiqat, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatar ekansiz, axloq normalariga to‘g‘ri kelmaydigan turli buzg‘unchi g‘oyalar bilan bir qatorda dinni targ‘ib qiluvchi va u orqali jamiyatda tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga, o‘zaro adovat va to‘qnashuvlarga sabab bo‘ladigan g‘oyalarni singdirishga moyil bo‘lgan salbiy holatlarni ham ko‘rishimiz mumkin.

Uchrashuvda yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, mutaassib oqimlar tomonidan ijtimoiy tarmoq platformalarida ilgari surilayotgan davolar, yoshlar orasida diniy aqidaparastlik va mutaassiblik g‘oyalari tarqalishining oldini olish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар