Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMANINING TURIZM SALOHIYATI

FORISH TUMANINING TURIZM SALOHIYATI

17 октябрь 2023 йил
442
0

2023 yil 11 oktyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatlarini to‘liq ishga solish va “Yashil makon” kuzgi mavsumini tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida turizm sohasida erishilayotgan natijalar va kelgusida amalga oshiriladigan muhim ishlarni belgilab berdi.
Forish tumanida bugungi kunda turizm sohasi tez rivojlanayotgan sohalardan biridir. Tumanning so‘lim tabiati, toza havosi, zilol suvlari, mehmondo‘st xalqi turistlarni o‘ziga keng jalb qilmoqda. Joriy yilning o‘tgan oylari davomida tumanga 15 160 nafar xorijiy va 167 600 nafar mahalliy sayyohlar tashrif buyurgan. Birgina tumanning “O‘xum” mahallasi hududidagi xushmanzara Hayot qishlog‘ining o‘zida 3 ta xostel, 11 ta oilaviy mehmon uylari ekoturizm ixlosmandlariga xizmat ko‘rsatmoqda.
Hayot qishlog‘idagi tadbirkor Narzullo Musaev boshliq “Hayot Ecoturism” mas’uliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi mehmon uyi 35 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda sayyohlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Narzullo Musaev joriy yilning o‘tgan oylari davomida 1400 nafar xorijiy sayyohlarni qabul qilib, ularga xizmat ko‘rsatdi.
Narzullo Musaevning yon qo‘shnisi yosh tadbirkor Ixtiyor Anjirov ham bu yil 20 kishiga mo‘ljallangan mehmon uyini qurib, foydalanishga topshirdi.
“O‘xum” mahallasidagi turizm maskanlariga 2,5 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Bu maskanga tashrif buyurayotgan sayyohlarga qulayliklar yaratish maqsadida bu yerda hunarmandchilik markazi, suv tegirmoni, qo‘shimcha oshxona, otxona binolari, 7 ta ayvon, suhbat joylari barpo etildi. Mahallaga dastur asosida 11 km. elektr tarmoqlari tortildi, 4 ta transformator o‘rnatildi, 5 km.dan ziyod yo‘llar ta’mirlanib, asfalt qoplama yotqizildi. 8 ta ko‘priklar qurildi.
Forish tumaniga yiliga besh ming nafardan ortiq xorijiy sayyohlar asosan o‘tmishi uzoq yillarga borib taqaladigan “Xonbandi” sharsharasi, “Nurota” davlat qo‘riqxonasidagi o‘ziga xos hayvonot va o‘simlik dunyosi, qo‘riqxona atrofidagi turixiy obidalar, Kattabog‘don qishlog‘ining so‘lim tabiati, Tikchasoy, Asrafsoy, Andagensoy, Majrumsoy, Hayotsoydagi petrogliflar, Majrum, O‘xum qishloqlaridagi qo‘rg‘onlar qoldiqlari, Majrum qishlog‘ida ming yillik archa, Aydar ko‘li sohillarining ajoyib, xushmanzara tabiatini tomosha qilib, toza havosidan nafas olish uchun tashrif buyurishmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар