Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » JAMOATCHILIK NAZORATLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

JAMOATCHILIK NAZORATLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

12 октябрь 2023 йил
95
0

Ayni kunda Forish tumani 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahallasida joylashgan 1-sonli “G‘uncha” nomli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 4 milliard 762 million so‘mlik keng ko‘lamdagi qurilish va ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetay deb qoldi. Qurilish va ta’mirlash ishlarini “DIAMOND LUXE 077” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari amalga oshirishmoqda.
Qurilish ishlarining sifatli va samarali tashkil etishda jamoatchilik nazoratining o‘rni muhim. Shu bois Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputatlari tumandagi mahallalarda bo‘lishib, amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borishmoqda.
Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Bobomurod Gulmurodzoda va “Bog‘don” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Evrest Jo‘raqulovlar 1-son “G‘uncha” nomli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lishib, amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari bilan tanishdilar. Quruvchilar bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashib, qurilish sifatini ko‘zdan kechirishdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

FORISH TUMANIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
16 октябрь 2023, Понедельник
FORISH TUMANIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар