Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASINING KUZGI MAVSUMI BOSHLANMOQDA

“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASINING KUZGI MAVSUMI BOSHLANMOQDA

12 октябрь 2023 йил
128
0

Forish tumanida ham “Yashil makon” umumilliy loyihasining kuzgi mavsumi boshlanmoqda. Joriy yilning 25 oktyabridan 1 dekabrigacha tumanda “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” deb e’lon qilindi.
Mamlakatimizda ekotizimni himoya qilish va tiklash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirilishi muhim qadam bo‘ldi.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”.
Forish tumanida ham bu borada ishlar olib borilmoqda. Tumanda 2023 yilning bahorida 486 ming tupdan ziyod daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Mahallalar aholisi, korxona, tashkilot, muassasalar xodimlari, umuman, keng jamoatchilik bu savobli ishda faol ishtirok etishmoqda.
Tumanda 2023 yil “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumida 489,4 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekish mo‘ljallangan.
Kecha muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to‘liq ishga solish, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu borada amalga oshiriladigan muhim vazifalar belgilab berildi.
Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va e’tibor bersak, kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun biz yer va suv resurlarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt ko‘chatlarini ekib, bog‘ yaratishimiz zarurdir.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

FORISH TUMANINING TURIZM SALOHIYATI
17 октябрь 2023, Вторник
FORISH TUMANINING TURIZM SALOHIYATI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар