FORISН TUMANIDA “MENING YO‘LIM” LOYIHASI DOIRASIDA MAHALLA ICНKI YO‘LI TA’MIRLANDI
Forish tumani 2-sektor hududidagi “Narvon” mahallasi Isori qishlog‘ining 2,7 km. ichki yo‘llari “Tashabbusli byudjet”ning “Mening yo‘lim” loyihasida g‘olib bo‘lgan edi. Qishloqning ichki yo‘li joriy ta’mirlanib, to‘liq asfalt qoplama yotqizildi.
Ushbu yo‘lni ta’mirlash “Shaffof qurilish” platformasi orqali o‘tkazilgan elektron tanlov g‘olibi, pudratchi “DIAMOHD STROY AVTO TRANC” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirildi. Mas’uliyati cheklangan jamiyati yo‘lsozlari Forish tuman Obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmasiga asosan ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirdilar. “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida ta’mirlash ishlariga 1 milliard 293 million 629 ming so‘m mablag‘ sarflandi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)