Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISН TUMANIDA TURIZM SOHASI JADAL RIVOJLANMOQDA

FORISН TUMANIDA TURIZM SOHASI JADAL RIVOJLANMOQDA

03 октябрь 2023 йил
83
0

Forish tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi.
Forish tumani bugungi kunda turizm sohasi jadal rivojlanib borayotgan hududlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, tumanda ekoturizm keng rivojlanib bormoqda.
Forish tumanining “O‘xum”, “Do‘stlik” mahallalari bugungi kunda turizm mahallalariga aylanib bormoqda. “O‘xum” va “Do‘stlik” mahallalarida 13 ta mehmon uylari va xostellar tashkil etilgan bo‘lib, ularda ekosayyohlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Birgina shu yilning o‘tgan oylari davomida mahallaning Hayotboshi qishlog‘ida tadbirkor Ixtiyor va Omonboy Anjirovlar tomonidan har biri 19 o‘rindan iborat 2 ta mehmon uylari qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu qishloqqa har yili Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston davlatlaridan har yili minglab ekosayohat ixlosmandlari tashrif buyurishadi.
“Do‘stlik” mahallasi Majrum qishlog‘idagi ming yillik archa ham ekosayohat ixlosmandlarining sevimli maskaniga aylangan. Ming yillik archani tomosha qilish va o‘rganish maqsadida har yili 600-800 tagacha sayyohlar tashrif buyurishayapti.
Bundan tashqari Aydarko‘l sohillarida bir qancha turistik ob’ektlari bunyod etilgan bo‘lib, ularga ham minglab ekosayohat ixlosmandlari tashrif buyurishmoqda. Tumanning “Nurak” mahallasida joylashgan “Xo‘jabog‘bon ota” ziyoratgohi esa hamisha ziyorat turizmi ixlosmandlari bilan gavjum.
Press-tur davomida tumanda turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari haqida ham ma’lumotlar berildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар