Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » АHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARINI 2025-YILDA ISHGA JOYLASHTIRISH UCHUN ISH O‘RINLARINI ENG KAM SONINI BELGILASH TO‘G‘RISIDA

АHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARINI 2025-YILDA ISHGA JOYLASHTIRISH UCHUN ISH O‘RINLARINI ENG KAM SONINI BELGILASH TO‘G‘RISIDA

04 ноябрь 2024 йил
13
0

 АHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARINI 2025-YILDA ISHGA JOYLASHTIRISH UCHUN ISH O‘RINLARINI ENG KAM SONINI BELGILASH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Аholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ 642-son) ning 39-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan “Аholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari”ni ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlari”ga asosan Forish tuman hududidagi korxona va tashkilotlarda 2025-yil mobaynida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi qonunining 6-, 25-moddalariga asosan

QАROR QILАMАN:

  1. O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ 642-sonli “Аholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 39-moddasiga muvofiq, “Аholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari”ni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risidagi Qonuniga asosan, tashkilotlarning ro‘yxatdagi xodimlari o‘rtacha soni yigirma nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan korxona, tashkilot va muassasalarda xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha sonining 7 foiz miqdorigacha, (shu jumladan, nogironlar uchun 3 foiz) jami 76 ta ish o‘rinlarini zaxiralash 1-ilovaga va maxsus komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. O‘zbekiston Respublikasining “Аholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 39-moddasiga asosan, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash uchun korxona va tashkilotlarda joriy yilda ishga joylashtirilgan shaxslarni ish o‘rinlari 2025-yil uchun band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlari sonini belgilashda hisobga olinsin.
  3. a) 14 yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz otaga yoki onaga, shuningdek ko‘p bolali, ota-onalar uchun 7 foiz (37 kishi);
  4. b) Umumiyo‘rta va o‘rta maxsus, ta’lim tashkilotlarini kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega bo‘lmagan yoshlar, “Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari asosida ta’lim olgan bitiruvchilari uchun 7 foiz ( 29 kishi);
  5. v) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyaning Davlat xavfsizlik xizmatining qo‘shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar uchun 7 foiz (3 kishi);
  6. g) nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 3 foiz ( 2 kishi);
  7. d) pensiya oldi yoshidagi shaxslar uchun 3 foiz (2 kishi);
  8. e) jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga ko‘ra tibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilishidan ozod qilingan shaxslar uchun, 7 foiz ( 3 kishi);
  9. Shaxslarning ko‘rsatib o‘tilgan toifalari uchun ish o‘rinlari sanitariya gigiyena me’yorlariga va xodim o‘z mehnat majburiyatlarini to‘siqsiz bajarishini ta’minlaydigan mehnat qilish sharoitlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
  10. Korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari yil boshlanishidan oldin 10 kundan kechikmay muhtojlarni ishga joylashtirish uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi miqdorida ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yilishini ta’minlansin.
  11. Muhtojlar uchun ish o‘rinlarining qolgan qismini zaxiraga qo‘yish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida ta’minlansin, bu haqda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi birinchi chorak yakuni bilan 10 kun ichida xabardor qilinsin;

Har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasigacha tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklshish bo‘limiga Nizomning 5-ilovasidagi shaklga muvofiq ishga joylashtirish to‘g‘risida axborot taqdim etib borilsin.

  1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qo‘yish sonidan ortiqcha ish o‘rinlari tashkil etilgan taqdirda ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga – har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda eng kam oylik ish haqqining 2 baravari miqdorida haq to‘lansin.
  2. Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mazkur qaror kuchga kirgandan so‘ng 2024-yilning 15-noyabridan kech bo‘lmagan muddatda tashkilotlarning e’tiboriga еtkazilishini ta’minlasin.
  3. Mazkurqaror “Forishtongi” gazetasidanashrqilinsinhamdaForishtumanihokimligining www.forish.jizzax.uz − rasmiyveb-saytigajoylashtirilsin.
  4. Ushbuqarorrasmane’lonqilingankundane’tiborankuchgakiradi.
  5. Mazkurqarorqabulqilinishimunosabatibilantumanhokimining 2023-yil 20-oktyabrdagi 220-3-53-Q/23-sonli qarorio‘zkuchiniyo‘qotgan deb hisoblansin.
  6. Mazkurqarorningijrosininazoratqilishtumanhokiminingbirinchio‘rinbosariSh.Uzoqovzimmasigayuklatilsin.

TumanhokimiI.MATIYEV.

2024-yil 4-noyabr, Bog’donshaharchasi.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар