Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » OILAVIY ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGANLAR EHTIYOJMAND AHOLI TOIFASIGA KIRITILADI

OILAVIY ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGANLAR EHTIYOJMAND AHOLI TOIFASIGA KIRITILADI

03 октябрь 2024 йил
15
0

Prezident imzolagan qonun bilan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Endilikda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifasiga kiritiladi hamda mahalliy mehnat organlariga murojaat qilayotgan fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab etilishining oldi olinadi.

Davlat rahbari “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
Ma’lum qilinishicha, qonunga ish qidirayotgan shaxslarning mehnat organlariga ortiqcha hujjatlar taqdim etishiga yo‘l qo‘yilmasligini, bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiyalar taqdim etish mexanizmi takomillashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, ish beruvchilar tomonidan mahalliy mehnat organlariga bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, xodimlarning ishdan bo‘lg‘usi ozod etilishi haqidagi axborotni har oyda elektron tarzda taqdim etish shartlari belgilanyapti.

Qonun bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining nomlanishi aniqlashtirilyapti. Bundan tashqari, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifasiga kiritilmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirishi belgilangan.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

SUD-HUQUQ SOHASIDAGI O‘ZGARIShLAR
26 сентябрь 2024, Четверг
SUD-HUQUQ SOHASIDAGI O‘ZGARIShLAR
KORRUPSIYА NIMA?
17 май 2024, Пятница
KORRUPSIYА NIMA?
Qonun mazmun-mohiyati
06 май 2024, Понедельник
Qonun mazmun-mohiyati
QONUNCHILIKKA KIRITILGAN YANGILIKLAR TUSHUNTIRILDI
08 январь 2024, Понедельник
QONUNCHILIKKA KIRITILGAN YANGILIKLAR TUSHUNTIRILDI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар