OPEN BYUDJET YARATGAN IMKONIYAT SABAB QISHLOQLAR ICHKI YO‘LLARI RAVONLASHMOQDA
Forish tumani mahallalarida mahallalar ichki yo‘llarini ta’mirlash, aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Xalqimizda yo‘li sozning mashaqqati oz, degan ibratli gap bor. Bu gap bejiz aytilmagan. Yo‘llar qancha ravon bo‘lsa, mushkulingiz oson bo‘lib, borar manzilingiz ham shuncha yaqin bo‘ladi.
Forish tumanidagi “Qoraabdol ota” mahallasi hududidagi Yo‘llisoy qishlog‘i tumanning eng uzoq va chekka mahallasi bo‘lib, qo‘shni Samarqand viloyati chegarasida joylashgan.
Qishloq yo‘llarining abgorligi sabab aholi ko‘p bora qishloq yo‘llarini ta’mirlash yuzasidan murojaat qilib kelishardi.
Aholi hamjihatlikda ish tutib, open byudjet loyihasi 1-mavsumida ishtirok etib, qishloqning 2 km. 950 metr ichki yo‘llariga asfalt qoplama yotqizish loyihasini yutib olishgan edi. Ayni kunda qishloqning 2 km. 950 metr ichki yo‘llari asfalt qoplama yotqizish ishlari yakunlanish arafasida.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.