Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » HASHAR YO‘LI BILAN MAHALLA ICHKI YO‘LLARI TA’MIRLANMOQDA

HASHAR YO‘LI BILAN MAHALLA ICHKI YO‘LLARI TA’MIRLANMOQDA

18 октябрь 2024 йил
2
0

Forish tumanida tuman hokimligi tashabbusi bilan aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mahallalarni obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash borasida ishlar davom ettirilmoqda. Bu kabi xayrli ishlar tumanning eng uzoq va chekka qishloq va mahallalarida ham amalga oshirilayotgani aholini uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilib, mamnun etmoqda.

Tumanning 1-sektor hududidagi Amir Temur nomli mahallasida ham ayrim ko‘chalar kengaytirilib, qum-shag‘al to‘kib tekislanmaganligi aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgandi.

Tuman hokimligi tashabbusi bilan Amir Temur nomli mahallasi Ko`hnabozor qishlog`ida ham ichki yo‘llarni kengaytirish, qum-shag‘al to‘kib tekislash ishlari hashar yo‘li bilan amalga oshirila boshlandi. Bu ishga mutasaddi tashkilotlar bosh-qosh bo‘lishmoqda.

Hashar – xalqimizning azaliy ezgu qadriyatlaridan.

Ayni kunda Forish tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari va texnika vositalari tomonidan Amir Temur nomli mahallasi Ko`hnabozor qishlog`ida ichki yo‘llarni kengaytirish, qum-shag‘al to‘kib tekislash ishlari amalga oshirilmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

MAHALLA INFRATUZILMASI YAXSHILANMOQDA
13 август 2024, Вторник
MAHALLA INFRATUZILMASI YAXSHILANMOQDA
MAHALLA YO'LLARI KENGAYTIRILIB, OBODONLASHTIRILMOQDA
22 июль 2024, Понедельник
MAHALLA YO'LLARI KENGAYTIRILIB, OBODONLASHTIRILMOQDA
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар