Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » HASHAR YO‘LI BILAN MAHALLA ICHKI YO‘LLARI TA’MIRLANMOQDA

HASHAR YO‘LI BILAN MAHALLA ICHKI YO‘LLARI TA’MIRLANMOQDA

22 октябрь 2024 йил
4
0

Forish tumanida tuman hokimligi tashabbusi bilan aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mahallalarni obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash borasida ishlar davom ettirilmoqda. Bu kabi xayrli ishlar tumanning eng uzoq va chekka qishloq va mahallalarida ham amalga oshirilayotgani aholini uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilib, mamnun etmoqda.

Tumanning 1-sektor hududidagi “Qo‘lba” mahallasi Qo‘lba qishlog‘ida ham ayrim ko‘chalar kengaytirilib, qum-shag‘al to‘kib tekislanmaganligi aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgandi.

Tuman hokimligi tashabbusi bilan “Qo‘lba” mahallasi Qo‘lba qishlog‘ida ichki yo‘llarni kengaytirish, qum-shag‘al to‘kib tekislash ishlari hashar yo‘li bilan amalga oshirila boshlandi. Bu ishga mutasaddi tashkilotlar bosh-qosh bo‘lishmoqda.

Hashar – xalqimizning azaliy ezgu qadriyatlaridan.

Ayni kunda Forish tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari va texnika vositalari tomonidan “Qo‘lba” mahallasida ichki yo‘llarni kengaytirish, qum-shag‘al to‘kib tekislash ishlari amalga oshirilmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар