HASHAR YO‘LI BILAN MAHALLA ICHKI YO‘LLARI TA’MIRLANMOQDA
Keyingi oylarda yoqqan kuchli yomg‘irlar Forish tumanining uzoq va chekka mahallasi bo‘lgan 2-sektor hududidagi “Garasha” mahallasi ichki yo‘llarining ham ayrim joylarini buzilishiga sabab bo‘ldi. Bu borada “mahalla yettiligi” va aholi maslahatlashib yog‘ingarchiliklar natijasida buzilgan joylarni hashar yo‘li bilan ta’mirlashni kelishib oldilar.
Ayni kunda mahallada hasharlar tashkil etilib, ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda. Hashar ota-bobolarimizdan qolgan azaliy qadriyatlarimizdan. Shu bois mahallada tashkil etilayotgan hasharlarga oqsoqollar bosh bo‘lib, yoshlar ularga yonbosh bo‘lmoqdalar.
Ayrim mahalladoshlar esa texnika vositalaridan yordam ko‘rsatishayapti.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
18 март 2024, Понедельник
ENG UZOQ VA CHEKKA MAHALLALARDA HAM UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI DAVOM ETMOQDA
Изоҳлар (0)